O'zbekistonda yozgi elektr energiyasi iste'moli bo'yicha rekord yangilandi
iyul kuni O'zbekistonda yozgi elektr energiyasi iste'moli bo'yicha yangi rekord qayd etilib, sutkalik elektr energiyasi iste'moli 278,6 mln kVt/soatga yetdi. Avvalgi yozgi rekord 2025 yil 18 iyul kuni qayd etilgan bo'lib, o'shanda respublikada elektr energiyasining sutkalik iste'moli 272,6 mln kVt/soatni tashkil etgan. O'tgan yil oktyabrida energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov O'zbekiston to'liq elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanini va qishda cheklovlar kutilmayotganini (favqulodda vaziyatlardan tashqari) aytgandi.